Apple sensorli MacBook ustida ishlamoqda

Bloomberg nashri oʼzining Applega yaqin manbalariga asoslanib xabar berishicha, kompaniya hozirda sensorli ekranga ega MacBooklarni sinovdan oʼtkazmoqda.

Berilgan maʼlumotlarga koʼra, ular hozirda ishlab chiqarishning eng dastlabki bosqichida boʼlib, ularni chiqarish 2025-yilga rejalashtirilgan.

Ta'kidlash joizki, boʼlajak Apple noutbuki hozirgi MacBooklarning shunchaki sensorli ekranga ega varianti boʼladi xolos, yaʼni u katta dizayn oʼzgarishlariga uchramaydi.