Apple taqdimotida iPhone 14, iPhone 14 Plus va iPhone 14 Pro namoyish etildi

Apple kompaniyasining yillik an’anaviy taqdimotida uzoq kutilgan yangi mahsulot — iPhone 14 taqdim etildi. iPhone 14 ning narxi $799 dan, iPhone 14 Plusning narxi esa $899 dan boshlanadi. Smartfonlar uchun 9-sentabrdan boshlab buyurtma berish va to'lov qilish mumkin bo'ladi.

iPhone 14 Plus 6,7 dyuymli displeyga ega. Oddiy iPhone 14 iPhone 13 bilan bir xil displeyga ega. Ikkala smartfon ham iPhone 13 Pro kabi A15 protsessoriga ega.

Smartfon quvvatni 24 soatgacha saqlay oladi. iPhone 14 SIM-kartasiz chiqariladi: Apple kompaniyasining yangi smartfonlarida e-SIM-kartalar bo‘ladi. iPhone 14 2022-yil noyabr oyida sun’iy yo‘ldosh orqali qo‘llab-quvvatlanadi (lekin hozircha faqat AQSh bozorida). Dastlabki ikki yil bu xususiyat bepul bo‘ladi. Sun‘iy yo‘ldosh aloqalari orqali qisqa xabarlar va geolokatsiyani yuborish mumkin.

iPhone 14 besh xil rangda chiqariladi va kuchli himoyalangan ekranga ega bo‘ladi. A15 chipida kamerani va suratni yaxshilovchi alohida bo‘lim mavjud.