«Apple» Xitoydagi zavod noroziliklari sababli 6 million «iPhone Pro»dan mahrum bo'lishi mumkin

Xabarlarga ko’ra, Apple Foxconn kompaniyasining Xitoydagi Chjenchjou zavodi oldidagi COVID-19 cheklovlari sabab norozilik namoyishlari tufayli 6 million iPhone 14 Pro smartfonidan ayrilishi mumkin.

Tayvanning Fubon Research ma'lumotlariga ko'ra, Foxconn dunyoning eng yirik iPhone ishlab chiqaruvchisi bo'lib, Apple smartfonlarining 70 foizi aynan Foxconn tomonidan chiqariladi.

Foxconn kompaniyasining Chjenchjoudagi zavodi dunyoda eng ko'p terilgan iPhone 14 Pro va Pro Max smartfonlarining katta qismini ishlab chiqaradi, bu esa oddiy iPhone 14 modellariga bo'lgan talabning pasayishini bartaraf etdi.

Bloomberg qayd etishicha, Apple bu yilgi umumiy ishlab chiqarish rejasini 90 dan 87 million donaga qisqartirgan. Shu oy boshida Apple va Foxconn o'zlarining so'nggi premium iPhonelarini yetkazib berish Xitoyning blokirovkasi tufayli kutilganidan past bo'lishini, tafsilotlarni keltirmasdan ma’lum qilishgan. Chjenchjou rejalashtirilganidan 6 million dona iPhone kamroq ishlab chiqarishi haqida taxminlar mavjud va 2023-yilda kamomad qoplanishi kutilmoqda.

Bloombergning ishlab chiqarishning 6 million donaga qisqarishi xavfi haqidagi xabaridan so‘ng, Germaniyadagi Tradegate birjasida Apple aksiyalari 1,9 foizga arzonlashdi.