“Apple” Xitoydan chiqib ketish jarayonini tezlashtiryapti — OAV

AQSH va Xitoy o'rtasidagi ziddiyat kuchayib borayotgan bir paytda “Apple” Hindistonda IPhone ishlab chiqarishni uch barobarga oshirdi. Bu haqda “Bloomberg” manbalarga tayanib, maʼlum qildi.

“Xitoydan chiqib ketayotgan “Apple” kompaniyasi oʻtgan yili 7 milliard dollar qiymatidagi iPhonelarni Hindistonda yig'di”, deyiladi xabarda.

AQSh kompaniyasi hozirda iPhone’larning deyarli 7 foizini Hindistonda ishlab chiqarmoqda. Bu 2021-yilga nisbatan 1 foizdan 7 foizga oʻsish boʻlib, Hindiston uchun sezilarli sakrashdir.

Nashr tahlilchilariga koʻra, kompaniya Xitoyga qaramlikni kamaytirish yo'llarini izlayapti. Kelasi hafta Hindistonda ikkita “Apple” chakana savdo markazi ochilishi ham buning yaqqol namunasidir.