Appledan navbatdagi taqdimot

Maʼlumotlarga koʻra, Apple iPhone 14 seriyasi 2022-yil sentabrida sotuvga chiqishi kutilmoqda. Apple har doim oʻzining flagman smartfonini sentabr oyida sotuvga chiqarib kelgan.

Xabar qilinishicha, kompaniya iPhone 14 seriyali mini-versiyasini chiqarishni ham aytib o’tgan. Shunday qilib, Apple iPhone 14 seriyasida to'rtta yangi smartfon sotuvga chiqariladi - iPhone 14, iPhone 14 Pro, iPhone 14 Max va iPhone 14 Pro Max.

Apple iPhone 14 da ham 48 megapikselli uch kamera bo’lishi kutilmoqda.
Smartfon protsessori keyingi avlod 4nm A16 Bionic protsessoridan quvvatlanadi. Shuningdek, xabarlarda aytilishicha, 256 Gb asosiy variant sifatida 128 Gb o'rnini egallashi mumkin.

Bundan tashqari, kompaniya odatda mart oyida bo'lib o'tadigan “Spring Launch” tadbirida "hamyonbop" iPhone SE 3 ni taqdim etishi mumkin. Tadbirda, shuningdek, yangi Macbook taqdimoti ham o’tkaziladi.