Applening choraklik foydasi 2016-yildan buyon ilk bor pastladi

Yakunlangan chorakda Apple daromadi 2016-yildan buyon birinchi marta “Uoll-strit” kutganidan past bo'ldi. Bunga sabab sifatida iPhone sotuvining sustligi ko’rstilgan.
Apple kompaniyasining xabar berishicha, iPhone savdosi 8 foizga kamaygan holda 65,8 milliard dollarni tashkil etgan.
Kompaniyaning umumiy savdosi 5 foizga kamayib, 117,2 milliard dollarni qayd etgan Bir aksiyadan tushgan daromad 1,88 dollar bo'lgan. Biroq, tahlilchilar 121,1 milliard dollar sotishni va har bir aksiya uchun 1,94 dollar daromad olishni kutishgan edi.
Faqat ikkita segment o'sdi. Kompaniyaning xizmatlar segmenti 6 foizga o‘sib, 20,8 milliard dollarga, iPad sotuvi esa tahlilchilarning 7,8 milliard dollar kutayotganiga nisbatan 30 foizga oshib, 9,4 milliard dollarga yetgan.






