«Apple»ning navbatdagi taqdimoti 7-sentabrda o’tkazilishi mumkin

Bloomberg ma'lumotlariga ko'ra, Apple 7-sentabr kuni onlayn kuzgi taqdimotni o'tkazishni rejalashtirmoqda va unda, iPhone 14, yangi Mac kompyuterlari, iPad hamda Apple Watch taqdim etilishi kutilmoqda.
Apple ko‘rsatilgan sanani tasdiqlamagan, biroq an’anaga ko‘ra, yangi iPhone modellari taqdimoti sentabr oyining birinchi yarmida o‘tkaziladi.
Shu bilan birga, aqlli soatlar, iPad va Mac kompyuterlarining yangi modellari taqdimoti bo‘lib o‘tishi mumkin, ammo agentlik ta’kidlaganidek, ayrim mahsulotlar keyinroq alohida tadbirlarda taqdim etilishi mumkin.
Kutilganidek, yangi iPhone liniyasida 5,4 dyuym ekranli model bo‘lmaydi. Buning o‘rniga avval faqat Pro versiyalarida bo‘lgan 6,7 dyuym ekranli asosiy model paydo bo‘ladi. Pro seriyali modellarda old kamera qoladi, lekin old panelda u qadar ko‘p joy bo‘lmaydi. Kamera imkoniyatlari ham yaxshilanadi.
P.S. Savdo jarayonlari 16-sentabrdan boshlanishi mumkin deya qayd etiladi manbalarda.






