AQSh Alibaba va Tencent saytlarini yomon bozorlar ro'yxatiga qo’shdi

Qo'shma Shtatlar Xitoyning Alibaba va Tencent texnologiya gigantlari tomonidan boshqariladigan saytlarni o'zining "Notorious Markets list" (Yomon bozorlar ro’yxati) ga qo'shib qo'ydi. Bunga sabab qilib ushbu saytlarning qalbaki tovarlar savdosi bilan shug'ullanishi ko’rsatilmoqda.

Roʻyxat firmalar tomonidan boshqariladigan 42 ta onlayn sayt va 35 ta jismoniy doʻkon, shu jumladan elektron tijorat platformalari kiradi.

AQSh savdo agentligining ta'kidlashicha, ular "tovar belgilarini soxtalashtirish yoki mualliflik huquqi maxfiyligni buzish kabi faoliyat bilan shug'ullanadilar yoki ularga yordam beradilar".

Amerika va Xitoy uzoq vaqtdan beri savdo va texnologiya borasida kelishmovchilikda bo’lib kelishmoqda.

"Qalbaki va qaroqchilik mahsulotlarining global savdosi AQShning innovatsiyalari va ijodkorligiga putur yetkazadi va amerikalik ishchilarga zarar keltiradi", dedi AQSh Savdo vakili Ketrin Tay bayonotda.

Amerika Qo'shma Shtatlari Savdo Vakilligi idorasi (USTR) o'z ro'yxatiga AliExpress va WeChat elektron tijorat saytlari birinchi marta kiritilganini aytdi. AliExpress Alibaba kompaniyasiga tegishli, WeChat esa Tencent tomonidan boshqariladi.

U saytlarni "tovar belgilarini qalbakilashtirishga yordam beradigan Xitoyda joylashgan ikkita muhim onlayn bozor" deb atagan.

"Biz Qo'shma Shtatlar Savdo vakili tomonidan qabul qilingan qarorga qat'iyan norozimiz va bu masalani hal qilish uchun hamkorlikda ishlashga harakat qilmoqdamiz", dedi Tencent vakili BBCga.