АQSh elchixonasi Oʼzbekiston fuqarolariga murojaat qildi

АQShning Oʼzbekistondagi elchixonasi viza masalasida suhbatga yozilish vaqtida elektron manzil va telefon raqamini kiritmagan murojaatchilarning suhbat oʼrinlari oʼchirilishini, shuningdek, Konsullik boʼlimi oʼtib ketgan sayohat kuni belgilangan yoki toʼliq maʼlumot kiritilmagan suhbat murojaatlarini ham oʼchirilishini maʼlum qildi.

Xabarda qayd etilishicha, arizalarini toʼliq toʼldirmagan yoki yolgʼon maʼlumot kiritgan murojaatchilarning belgilangan kuni suhbatga kelmaslik holatlari kuzatilgan. Elchixona АQShga qonuniy ravishda sayohat qiladigan nomzodlarga suhbatga roʼyxatdan oʼtish imkoniyatini yaratish maqsadida, soxta suhbat oʼrinlari oʼchirilishini maʼlum qilgan.