AQSh G20 uchrashuvidan keyin Afg'onistonning muzlatilgan aktivlarini qaytarmoqchimas

AQSh rasmiylari Afg'onistonga insonparvarlik yordamini davom ettirish niyatida ekanini aytdi.
G20ning Afg‘oniston bo‘yicha virtual uchrashuvda AQSh sobiq Afg'oniston hukumatining moliyaviy aktivlarini muzlatish bo‘yicha pozitsiyasini o‘zgartirmasligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki e’lon qildi.
Rasmiy "Yo‘q, bu yerda hech narsa o‘zgarmadi", deb javob berdi jurnalistning tegishli savoliga.
Psaki, shuningdek, AQSh Afg‘oniston uchun gumanitar yordam ajratuvchi eng yirik donor bo‘lib, bu yo‘nalishda ishlashni davom ettirish niyatida ekanini ta’kidladi.
15-avgust kuni AQSh ma'muriyati Afg'oniston hukumatining AQSh banklarida davlat zaxiralarini muzlatib qo‘ygan edi. Bundan tashqari, Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Jahon banki ham har qanday yordamni to‘xtatdi. Muzlatilgan mablag‘larning umumiy miqdori 9,5 milliard dollarni tashkil etadi.






