AQSH Kongressi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2021 yil 4 oktabr kuni Oliy Majlis Senati Raisi T.Narbayevaning AQSH Kongressi vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Muloqotda so‘nggi yillarda ikki tomonlama hamkorlik sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilgani ta’kidlandi.
Kongress vakillarining qayd etishicha, O‘zbekiston-AQSH munosabatlarining hozirgi darajasi tarixiy rivojlanish bosqichida turibdi va "Strategik hamkorlikning yangi davri" sifatida ta’riflanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va AQSH Kongressi o‘rtasida yaqin muloqot yo‘lga qo‘yilgan.
Uchrashuvda parlamentlararo aloqalarni, shu jumladan, parlamentlararo guruhlar darajasidagi hamkorlikni mustahkamlash, O‘zbekiston va AQSH o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish yo‘llari hamda ikki mamlakat parlamenti vakillarining o‘zaro tashriflarini ko‘paytirish masalalari muhokama qilindi.
Qonun ijodkorligi sohasida tajriba almashish, savdo-iqtisodiy hamkorlik va ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, jamiyatda xotin-qizlar rolini mustahkamlash, gender tenglikni ta’minlash masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv davomida tomonlar hamkorlikning boshqa masalalarini ham muhokama qildilar.






