Global Times: AQSh mudofaa byudjetining ko'tarilishi jahon urushi yaqinlashayotganidan darak beradi

"Dunyoda urush xavfi qanchalik katta? Javob juda oddiy. Siz AQShning hozirgi paytda qurollik kuchlariga sarflagan byudjetiga qarasangiz kifoya... AQShning mudofaaga katta sarf-xarajatlari global urushning katta xavfidan dalolat beradi", deyiladi Global Times maqolasida.

Maqolada ta'kidlanishicha, "Uoll-stritning yirik o'yinchilari va oq uy vakillari global mojarolardan pul topish imkoniyatini ko'rishmoqda".

Shu o'rinda, Bayden ma'muriyati AQShning 2023 yilgi harbiy xarajatlari byudjetini 842 milliard dollar ekanligini e'lon qildi, bu Xitoyning harbiy xarajatlaridan to'rt baravar ko'p. Ammo, asosiy farq shundaki, Xitoy mudofaa siyosatini olib boradi, AQShning tashqi harbiy strategiyasida esa buning qarama-qarshisi.