AQSh o'z qo'shinlarini Afg'onistondan butunlay olib chiqdi

AQSh Qurolli kuchlarining so'nggi vakili 31 avgust kuni kechqurun Afg'oniston hududini tark etdi, deya xabar beradi "Tolibon" harakatining Qatardagi siyosiy idorasi matbuot kotibi Muhammad Sohail Shahin o'z Twitter sahifasida.

Amerika qo'shma Shtatlari Prezidenti Jo Bayden 14 aprel oyida bu mamlakatda harbiy faoliyatni yakunlashni qaror qilganini e'lon qildi - "Afg'onistonda bizning 20 yillik harbiy ishtiroki tugadi", dedi u.

Tolibon hokimiyatga kelganidan so'ng jami 123 mingdan ortiq kishi Afg'onistondan evakuatsiya qilindi.