AQSH Pentagonning maxfiy hujjatlarini oshkor qilgan shaxsni ushladi

Pentagonning maxfiy hujjatlarini AQSh Milliy gvardiyasi harbiy-havo kuchlarining 21 yoshli xodimi internetga joylashtirgan. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Jyek Teysheyra so‘nggi bir necha oy ichida AQSh razvedkasining maxfiy fayllari oshkor etilgan kichik onlayn o‘yinlar guruhi rahbari bo‘lgan. U Massachusets havo milliy gvardiyasining razvedka qanotida xizmat qilgan.
Kecha, 13-aprel kuni AQSH Federal Qidiruv Byurosi gumonlanuvchi Jek Duglas Teysheyrank Vashingtonni butun dunyoga va ittifoqchilari oldida sharmanda qilgani uchun hibsga oldi.
Gumonlanuvchi “Ayg'oqchilik to'g'risida”gi qonun bo'yicha jinoiy javobgarlikka tortiladi. Har bir ayblov boʻyicha unga 10 yildan qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.
Teyshera “Thug Shaker Central” nomli xususiy internet guruhini boshqargan, u yerda qurol-yarog‘, video o‘yinlar va memlarga umumiy muhabbat tufayli 20-30 ga yaqin odam yig‘ilgan.






