AQSH Prezidentining 2022-yildagi daromadi ochiqlandi

AQSHning amaldagi Prezidenti Jo Bayden va uning rafiqasi Jill Bayden 2022-yilgi soliq deklaratsiyasini e'lon qildi. Hujjatlarga ko‘ra, oilaning yillik daromadi 579,5 ming dollarni tashkil etgan, shundan 169,8 ming dollari federal soliqlar sifatida to‘langan.
Deklaratsiyaga koʻra, janob Baydenning oilasi uchun daromad solig'i stavkasi 23,8 foizni tashkil etgan.
Shuningdek, juftlik Delaverdagi uy uchun 29 000 dollardan ortiq soliq to‘lagan. 20 200 dollarga yaqin mablag‘ 20 ta xayriya tashkilotiga oʻtkazib berilgan. Bundan tashqari, Jill Bayden Virjiniya shtatida 3,1 ming dollar soliq to'lagan.
Maʼlumot uchun, Jo Baydenning oilaviy daromadi 2021-yilda 610 ming dollarni tashkil qilgan.






