AQSh qishloq xo'jaligi universiteti delegatsiyasi O'zbekistonga tashrif buyuradi

O'zbekiston Respublikasining AQShdagi elchisi Javlon Vahabov Texas shtatidagi Kollej-Steyshn shahriga ish safari chog'ida Texas A&M universiteti (TAMU) qoshidagi Norman Borlough xalqaro qishloq xo'jaligi instituti direktori Elza Murano boshchiligidagi delegatsiya bilan muzokaralar olib bordi.

AQSh qishloq xo'jaligi universiteti delegatsiyasi O'zbekistonga tashrif buyurishi to'g'risida kelishuvga erishildi. Safar doirasida Amerika tomoni mamlakat qishloq xo'jaligi sanoatining hozirgi holatini bepul tahlil qiladi, mahalliy kadrlar tayyorlash tizimi bilan tanishadi, shuningdek, O'zbekistonda agrar sohani yanada takomillashtirish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqadi.

Delegatsiya tashrifi davomida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi qishloq xo'jaligi, suv xo'jaligi, oliy va o'rta maxsus ta'lim, innovatsion rivojlanish, veterinariya va chorvachilik Davlat qo'mitasi, suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi rahbariyati, shuningdek, respublikaning xususiy qishloq xo'jaligi sanoati, mahalliy agrar nodavlat muassasalari vakillari bilan tanishish va mavzu bo'yicha uchrashuvlar va muzokaralar o'tkazish rejalashtirilgan.