AQSh Senati 2023-yilgi mudofaa budjetini tasdiqladi

AQSh Kongressi Vakillar palatasining tegishli qo’mitalari va Senat mamlakatning 2023-moliya yili uchun 847,3 milliard dollar miqdoridagi mudofaa budjeti loyihasini kelishishga muvaffaq bo’ldi.

“Biz bu yil “Milliy mudofaani moliyalashtirish to’g’risida”gi qonun loyihasi bo’yicha ikki tomonlama, ikki palatali kelishuvga erishganimizni mamnuniyat bilan e’lon qilamiz”, — deyiladi bayonotda.

Hujjatga ko’ra, kelgusi yilda Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun 800 million dollar ajratish taklif qilinmoqda - bu Oq uy so‘raganidan 500 millionga ko‘p. Bundan tashqari, AQSh Mudofaa vazirligi Ukrainaga qisqa va uzoq muddatli yordam rejasini taqdim etishi kerak.

Hujjatning tavsifida Qo’shma Shtatlar Yevropada Amerikaning harbiy ishtirokini kuchaytirish dasturi bo’yicha 6 milliard dollar ajratishi ko’rsatilgan.

Shuningdek, hujjat loyihasida Rossiya Federatsiyasi bilan oltin-valyuta operatsiyalarida ishtirok etish uchun sanksiyalar joriy etish taklif qilindi. Bundan tashqari, Rossiya hukumati bilan harbiy sohada hamkorlik qilish taqiqi yana besh yilga uzaytirildi. Ushbu qonun loyihasi tasdiqlangach, mamlakat prezidenti Jo Baydenga imzolash uchun yuboriladi.