AQSH Xitoy chegarasida harbiy mashqlar o‘tkazmoqchi

AQSH Hindistonning Uttarakxand shtatining Auli tumanida, Xitoy bilan chegara nazorat chizig‘idan taxminan 95 km uzoqlikda bo‘lib o‘tadigan Hindistonning “Harbiy amaliyot” mashg‘ulotlarida qatnashish uchun qo‘shin yuborishni rejalashtirmoqda.
Ushbu hudud qariyb 3 ming metr balandlikda joylashgan bo‘lib, manevrlar davomida yuqori balandlikda jangovar harakatlar o‘tkaziladi.
AQSH Mudofaa vazirligi vakilining CNN telekanaliga aytishicha, Hindiston bilan hamkorlik erkin va ochiq Hind-Tinch okeani uchun umumiy qarashning eng muhim elementlaridan biri hisoblanadi.






