AQShda O‘zbekiston fuqarolari muddatidan oldin ovoz berishdi

Kecha AQShning Merilend va Virjiniya shtatlarida O‘zbekistonda prezident saylovlarida muddatidan oldin ovoz berish jarayoni o‘tkazildi.

Unda 24-oktyabr - saylov kuni O'zbekistonning Vashingtondagi elchixonasida ovoz bera olmaydigan fuqarolar ishtirok etishdi.

Ovoz berish O‘zbekiston Saylov kodeksiga muvofiq zarur atributlar bilan jihozlangan maxsus xonalarda bo‘lib o‘tdi, u yerda nomzodlar haqida ularning saylovoldi dasturlari ko‘rsatilgan ma’lumotlar joylashtirildi va saylovchilar o‘zlari tanlagan nomzodga erkin ovoz berishlari uchun barcha zarur sharoitlar yaratildi.

Mamlakatimizning AQShdagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, muddatidan oldin saylovlarda 200 dan ortiq vatandoshlar ovoz berishdi.