Aralash jang sanʼatlari: jahon chempionatida sportchilarimiz 13 ta medal qo‘lga kiritdi

Joriy yil 17-20-avgust kunlari BAAning Abu-Dabi shahrida MMA (aralash jang sanʼatlari) boʻyicha 12-13, 14-15 va 16-17 yoshli sportchilar oʻrtasida jahon chempionati boʻlib oʻtdi.
Musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi 5 ta oltin, 2 ta kumush va 6 ta bronza medalini qoʻlga kiritdi.
16-17 yoshli sportchilar: Oltin: Hasanov Anvarjon, Ziyodinov Amirxon, Abdullayev Nurulloxon.
Bronza: Sotvoldiyev Nozimjon.
14-15 yoshli sportchilar: Oltin: Xodjimiyarov Muhammadali, Abdusattorov Abdullaziz,
Kumush: Nosirjonov Hojiakbar.
Bronza: Botirov Ibrohimjon, Mirsaidov Mirjalol.
12-13 yoshli sportchilar: Kumush: Ravshanov Behruzbek.
Bronza: Toshpoʻlatov Mexrojbek, Bahromov Behruzbek, Sobirjonov Bahodir.






