Argentinaning sobiq prezidenti Kristina Kirshner 6 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

Argentina vitse-prezidenti Kristina Fernandes de Kirshner olti yillik qamoq jazosiga hukm qilindi va umrbod davlat lavozimlarida ishlashi taqiqlandi.

U rasmiylar 1milliard dollarni o'zlashtirib yuborishiga sabab bo'lgan firibgarlik sxemasida aybdor deb topildi. Ammo sud jinoiy tashkilotga rahbarlik qilish ayblovini rad etdi, bu moddaga ko'ra 12 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanishi mumkin edi.

Ta'kudlanishicha, apellyatsiya shikoyatlari ko'rib chiqilmaguncha hukm kuchga kirmaydi, bu jarayon esa yillarga cho'zilishi mumkin. Kirshnerda hozir ta'qiblardan immunitet bor.

Vitse-prezident hukmni tanqid qilib, o‘zini «sud mafiyasi» qurboni deb atadi. Shuningdek, keyinroq u 2007-2015-yillarda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida kelasi yil o‘z nomzodini qo‘ymasligini ma’lum qildi.