Armida Alisjabana ShHT sammitida ishtirok etadi

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi oʻrinbosari, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Tinch okeani boʻyicha iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi ijrochi kotibi Armida Alisjabana bilan onlayn shaklda muzokaralar oʻtkazdi.
Suhbat chog‘ida Armida Alisjabana sentabr oyida Samarqandda bo‘lib o‘tadigan ShHT sammitida ishtirok etishini tasdiqladi, sammit davomida Osiyo va Tinch okeani boʻyicha iqtisodiy va ijtimoiy komissiya va ShHT o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolanishi rejalashtirilgan.






