Arnold Shvartsenegger avtohalokatga uchradi

Amerikalik aktyor va siyosatchi Arnold Shvarsenegger yo‘l-transport hodisasiga uchradi. U o'zining Yukon SUV mashinasini haydab ketayotgan edi. Aktyor Toyota Prius rusumli avtomashina tomon uchib avtomobilning tomidan o‘tib ketgan.

Aniqlik kiritilishicha, kinoaktyor jarohat olmagan lekin Prius boshqaruvida bo‘lgan ayolni shifoxonaga olib ketishgan.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, to‘qnashuv shu qadar kuchli bo‘lganki, Yukon’ning xavfsizlik yostiqchalari ochilgan.