Arxitektura-qurilish instituti rektori o'zgardi

Turkiyalik professor Ercan Kahya Toshkent arxitektura-qurilish institutining yangi rektori etib tayinlandi, deya xabar beradi OTM matbuot xizmati.
21.08.2021 dagi 535-sonli hukumat qaroriga ko’ra shu paytgacha Istanbul texnika universiteti professori sifatida faoliyat yuritib kelayotgan Ercan Kahya Toshkent arxitektura-qurilish instituti rektori etib tayinlandi.
Rektor Ercan Kahya haqida qisqacha ma’lumot:
Bakalavriatura – 1980-1984, Istanbul texnika universiteti
Magistratura – 1986-1988, Politexnika universiteti, Nyu York
Ilmiy darajasi: PhD, Civil & Environmental Engineering/Water Resources, 1989-1993, Kaliforniya universiteti, Los Anjeles






