Asosiysi olimpiada oldidan COVID-19 ga chalinmaslik

"Bu juda katta tashvish tug'diradi": Qishki Olimpiya o'yinlari oldidan sportchilar Covid-19 bilan og’rimaslik uchun barcha imkoniyatni ishga solmoqda
Pekindagi Qishki Olimpiada o‘yinlari qatnashchilari uchun sog’lom holda olimpiadaga yetib borish sportchilarni tashvishga solayotgan eng muhim jihatlardan biridir.
4-fevralda start oladigan “Pekin-2022 Qishki Olimpiada O’yinlari” oldidan Covid-19 test natijasi ijobiy bo’lgan taqdirda, sportchi musobaqada qatnashish imkoniyatini qo’ldan boy beradi.
Ko'plab Covid-19 qarshi choralari fonida, sportchilar o'yinlarga jo'nab ketishdan oldin ikkita salbiy test natijasiga ega bo’lishlari va manzilga yetib borgach har kuni qayta testdan o’tishlari talab etiladi.
Amerikalik chang'ichi Xanna Soar CNN Sport telekanaliga bergan intervyusida "Bir dona ijobiy test hammasini barbod qilishi mumkin” deb ta’kidlab o’tdi.
Covid bilan zararlanmaslik sportchining qishki Olimpiya o'yinlariga tayyorgarligining muhim qismini tashkil qiladi.
O'tgan yili Tokioda bo'lib o'tgan Yozgi Olimpiada o'yinlarida 41 nafar sportchida Covid-19 infeksiyasi aniqlangan va ularning ko’p qismi keyinchalik musobaqani tark etishga majbur bo’lgan.
Testi ijobiy natija ko’ratgan o‘yin ishtirokchilari musobaqalarda qatnasha olmaydi yoki o‘yinlardagi rolini davom ettira olmaydi. Agar ular simptomatik bo‘lsa, davolanish uchun kasalxonaga, asemptomatik bo‘lgan taqdirda esa izolyatsiya muassasasiga yuboriladi.






