Asrning dahshatli zilzilasidan ko’rilgan iqtisodiy zarar 84 mlrd dollardan oshishi mumkin

Bloombergning tadbirkorlar konfederatsiyasi va respublikadagi ishbilarmon doiralar vakillarining hisob-kitoblariga tayanib ma’lum qilishicha, Turkiyadagi zilziladan ko‘rilgan zarar 84 milliard dollardan oshishi taxmin qilinmoqda.
Konfederatsiya hisob-kitoblariga ko‘ra, ikkita kuchli zilzila oqibatlari milliy iqtisodiyot uchun 84 milliard dollardan ortiq yoki yalpi ichki mahsulotning o‘n foizga yaqin zarariga olib keladi. Ularning 70,8 milliard dollari turar-joy binolariga yetkazilgan zarar.
Bundan tashqari, taxminlarga ko’ra, mamlakat budjeti daromadlari 10,4 milliard dollarga qisqaradi, ishchi kuchining yo‘qotilishi esa 2,9 milliard dollarga tushadi.






