“Astana Finance Days” konferentsiyasida pandemiyadan keyin iqtisodiyotni barqaror rivojlanish masalalari muhokama qilindi

Sardor Umurzakov, xalqaro rivojlanish institutlari, hukumatlar va moliyaviy tashkilotlar ekspert va rahbarlari ishtirokida 2-iyun kunida "Astana Finance Days" videokonferentsiyasi o'tkazildi.
Video formatdagi majlis “Iqtisodiy o‘sishni tiklash” mavzusida bo'lib o'tdi. Yalpi majlisda pandemiya oqibatida yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz oqibatlarini bartaraf etishning hamda yanada barqaror rivojlanish uchun zamin yaratilishining yangi mexanizmlarini muhokama qilindi.
Ushbu masalalarni yechimi Markaziy Osiyo mintaqasida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish ekanligida ta’kidlandi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston tomoni Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan o‘zaro manfaatli loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda faol hamkorlikka tayyorligini bildirdi.
Aytish kerakki, “Astana Finance Days” konferensiyasi - Markaziy Osiyo mintaqasidagi Ostona xalqaro Moliya markazi tomonidan har yili o‘tkaziladigan eng muhim tadbirlaridan biri hisoblanadi. Joriy yilda ushbu anjuman 1 iyundan 3 iyungacha bo'lib o'tmoqda.






