ATECA O'zbekistonda beshta mehmonxona quradi

ATECA Hotel 2022 yil oxiriga qadar O'zbekistonda beshta mehmonxona qurishni rejalashtirmoqda, dedi ATECA Holding ijroiya raisi Mishel Noble.

2020 yilning yozida mehmonxona biznesini rivojlantirish sohasida hamkorlikni ko'zda tutuvchi memorandum imzolandi. Memorandum Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi, O'zbekiston mehmonxonalar uyushmasi va Ateca xolding (BAA) o'rtasida imzolandi.

 

Ayni paytda kompaniya Toshkentda birinchi to'rt yulduzli ATECA Hotel Suites mehmonxonasini barpo etmoqda, uning ochilishi iyun oyiga rejalashtirilgan.

"Biz ushbu serdaromad bozorni kashf etishdan va butun mamlakat bo'ylab o'z ishtirokimizni kengaytirishdan xursandmiz", - dedi u.