Atsushi Yagi O'zbekiston bilan qo'shma loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirmoqda

O'zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi IHI korporatsiyasi marketing bo'limi menejeri Atsushi Yagi bilan uchrashuv o'tkazdi.
Muzokaralar davomida Yaponiya kompaniyasi vakili O'zbekistondagi amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, jumladan, xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar, shuningdek, mamlakatimizda biznes yuritish bilan tanishdi.
Atsushi Yagi O'zbekiston tomoni bilan qo'shma energetika loyihalarini amalga oshirish, qishloq xo'jaligi texnikalarini yetkazib berish va infratuzilma ob'yektlarini qurishda ishtirok etishga qiziqishini bildirdi.
1853-yilda tashkil etilgan IHI korporatsiyasi yuqori muhandislik quvvatiga ega bo'lgan ko'p tarmoqli og'ir sanoat ishlab chiqaruvchisi. Kompaniya samolyot dvigatellari, sanoat va umumiy uskunalar, shu jumladan energiya uskunalari va qishloq xo'jaligi uskunalarini ishlab chiqarishga, shuningdek, ijtimoiy infratuzilma va dengiz inshootlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.






