«Avatar» filmining davomi butun dunyo bo'ylab 1 mlrd dollardan ortiq daromad keltirdi

Jeyms Kemeronning "Avatar: Suv yo'li" filmi butun dunyo bo'ylab bir milliard dollardan ortiq daromad keltirdi.
Uzoq kutilgan film ikki hafta ichida, Top Gun: Maverick (31 kun) va Yura davri: Dominance (to'rt oy) dan tezroq ko'rsatkichga erishdi. Taqqoslash uchun: birinchi “Avatar” 19 kun ichida butun dunyo bo‘ylab milliard dollardan ko‘proq daromad keltirgan edi.
AQShda "Avatar: Suv yo'li" filmi atigi 317,4 million dollar daromadga ega bo’lgan. Ammo boshqa mamlakatlarda “Avatar” filmining davomi 712,7 million dollar yig‘ib, 2022-yilning eng ko‘p daromad keltirgan ikkinchi filmiga aylandi.
Eslatib o'tamiz, "Avatar: Suv yo'li" butun dunyo bo'ylab 16-dekabr kuni chiqqan va bir necha kun ichida yarim milliard dollar yig'ilgan edi.






