Avstraliya atom suvosti kemalarini yaratmoqchi

Avstraliya 2023-yil martiga qadar o‘z atom suvosti kemalari qurilishi muddatlarini eʼlon qiladi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Richard Marlz maʼlum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, atom suvosti kemalari yaratilish bo‘yicha rejalar va uning batafsil yo‘l xaritasi keyingi yil boshigacha ishlab chiqiladi. Marlz AUKUS alyansi yaratilganda Avstraliya 18 oy davomida AQSH yoki Britaniya suvosti kemalarini yaratish texnologiyalarini o‘zlashtirishga kelishib olganini taʼkidlagan.