Avstraliya sayyohlardan Covidga qarshi emlanganlik haqidagi sertifikatlarni talab qilmaydi

Ma’lum qilinishicha, 6-iyuldan boshlab Avstraliyaga tashrif buyuruvchi sayyohlar Covidga qarshi emlanganlik haqidagi sertifikatlarini ko'rsatishlari talab etilmaydi.

Ammo, Avstraliya sog'liqni saqlash vaziri Mark Batlerning ta'kidlashicha, mehmonlar aviakompaniya karantin choralariga rioya qilishlari ya'ni, parvoz vaqtida niqobdan foydalanishlari talab etiladi.