Avstraliyalik magnat firibgarlik reklamalari uchun Facebookni sudga berdi

Avstraliyalik milliarder, tog'-kon magnati Endryu Forrest Facebook ijtimoiy tarmog'i uning suratini ichiga olgan firibgarlik reklamalarini o'chirmaganligi tufayli kompaniyani suda berdi.

“Facebook "jinoiy jihatdan beparvo"likga yo’l qo’ydi. Kompaniya avstraliyalik tarmoq foydalanuvchilarini aldash maqsadida tayyorlangan reklamalarni internetda tarqalib ketmasligiga qarshi xech qanday chora-tadbirlar ko’rmadi” dedi Forrest bayonotida.

Forrest dunyodagi eng yirik temir rudasi ishlab chiqaruvchilardan biri bo'lgan “Fortescue Metals Group” va Avstraliyaning eng yirik nikel qazib oluvchi kompaniyalaridan biri “Minara Resources” asoschisidir. Uning Facebookga qarshi davolari bir necha yillarga borib taqaladi: 2019 - yilda biznesmen firibgarlar uning suratidan foydalanishni to‘xtatishini so‘rab kompaniyaga ochiq murojaat qilgan va chorshanba kuni (2-fevral) o‘z bayonotida qonuniy chora ko‘rishdan oldin kompaniyaga “ko‘p so‘rovnomalar” yuborganini ta’kidlagan.

Ayblovlar G'arbiy Avstraliyaning Magistratlar sudiga mamlakat jinoyat kodeksining pul bilan bog'liq jinoyatlarga oid qismi bo'yicha taqdim etilgan.
Xususiy jinoiy ta'qiblar Avstraliyada kamdan-kam uchraydi, lekin sharoit imkon bersa, umumiy qonun bo'yicha ko'plab yurisdiksiyalarda ruxsat etiladi.