Avstriya Yevropada 18 yoshdan oshganlar uchun COVID-19 vaksinalarini majburiy joriy etgan ilk davlat

Shu hafta Avstriyada yangi qonun kuchga kirdi. Qonun 18 yoshdan oshgan har bir kishi uchun COVID-19 ga qarshi emlashni majburiy qilib qo’ymoqda.
Bir nechta mamlakatlar keksalar yoki tibbiyot xodimlari uchun majburiy emlanishni joriy qilgan. Ammo Avstriya Yevropada bunday keng qamrovli choralarni qo'llagan birinchi davlatdir.
Ayni paytda qonunga muxoliflar ko'chalarga namoyishga chiqishmoqda. Jamiyatning turli qismlaridan tashkil topgan namoyishchilar majburiy emlashlar va COVID-19 bilan bog'liq cheklovlarga qarshi norozilik bildirishmoqda.






