Avstriyada Aleksandr Van der Bellen ikkinchi muddatga prezident etib saylandi

2022-yilning 9-oktabr kuni Avstriyada o'tkazilgan prezidentlik saylovida Aleksandr Van der Bellen 56,69 foiz ovoz bilan ikkinchi muddatga prezident etib saylandi. Uning asosiy raqiblari Uolter Rozenkars esa 17,68 foiz, Dominik Vlanzy 8,31 foiz ovoz olgan.
Qayd etilishicha, Aleksandr Van der Bellen Avstriyaning barcha 116 adminstrativ markazlarida g'alaba qozondi.
Ma’lumot o’rnida, Avstriyada prezident 6 yil muddatga saylanadi. 50 foizdan ko'proq ovoz olgan nomzod g'alaba qozongan hisoblanadi. Shuningdek, ma’lumotlarga ko’ra, Avstriyada saylovchilarning umumiy soni 6,4 million kishini tashkil etmoqda.






