Avtobus, taksilarning ichki jihozlariga shikast yetkazganlik uchun jarima mavjud

Avtobuslarning, taksilarning, marshrut taksilarining, shahar elektr transportining va metropoliten vagonlarining oynalari va ichki jihozlariga shikast yetkazish BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha (1 mln 350 ming so'mdan 2 mln 700 ming so'mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.