Avtobuslarda ekskursiya qiluvchi guruhlarga ichki ishlar organlari hamrohlik qilishi lozim

Qonunchilikka ko‘ra, ikki va undan ortiq avtobuslarda ekskursiya qiluvchi, turistik va boshqa guruhlarni tashish ichki ishlar organlari hamrohligida kolonna tarkibida amalga oshiriladi.
Bunda, xayriya maqsadlarida tashkil etilgan aholining ijtimoiy zaif toifalari vakillari sirasiga kiradigan ekskursiya qiluvchi, turistik va boshqa guruhlarni tashishni bajaruvchi avtobuslarga hamrohlik qilishda to‘lov amalga oshirilmaydi.






