Avtobuslarga chiqish-tushish tartibi o‘zgarmoqda

"Toshshahartransxizmat" AJ Axborot xizmati ma’lum qilishicha, haydovchi yonida maxsus validator va qurilma o‘rnatilgan bo‘lib, u orqali chiqayotgan yo‘lovchi yo‘l haqi to‘laydi va salonga kiradi.
Shuningdek, Toshkent shahrida aholiga xizmat ko‘rsatuvchi avtobus (elektrobus)ga chiqishda uning old eshigidan, tushayotganda esa orqa eshiklardan foydalanish tartibi joriy etildi.
Ushbu qoida yo‘lovchilarga qulaylik yaratish va transport madaniyatini shakllantirish maqsadida joriy etilmoqda.
Belgilangan qoidalarga amal qilish so‘raldi.






