Avtomobil tarixi xizmati yo‘lga qo‘yiladi

Joriy yilning, 1-mayidan O‘zbekistonda «Avtomobil tarixi» davlat xizmati yo‘lga qo‘yiladi. U avtomobilning agregat ma’lumotlari, bosib o‘tgan masofasi, YTH sodir etilganligi, taqiq bor-yo‘qligi kabi axborotlarni o‘z ichiga oladi.
«Avtomobil tarixi» ma’lumotlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
avtotransportning agregat ma’lumotlari;
bosib o‘tgan masofasi;
shartnoma tuzilganligiga oid ma’lumotlar (ishonchnoma, ijara, hadya);
yo‘l-transport hodisasi sodir etilganligi;
qoidabuzarliklar holati;
garovga qo‘yilganlik holati;
taqiq borligi yoki yo‘qligi;
bojxona rasmiylashtiruviga oid ma’lumot;
litsenziya olinganlik holati (yo‘lovchi tashish uchun).
Shuningdek, Davlat xizmatidan foydalanish uchun so‘rovnoma to‘ldiriladi va
xizmat uchun BHMning 10 foizi (27 ming so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi. Ma’lumotlar real vaqt rejimida tayyorlanadi va ariza beruvchiga taqdim etiladi.






