Avtomobilning orqa yon oynalarini tonirovka qilish bepul boʼladi

Prezident taʼkidlaganidek, 1-iyuldan avtomobilning orqa yon oynalarini qoraytirish toʼlovlari bekor qilinadi, yaʼni bepul boʼladi.

old va orqa yon oynalarni toʼliq qoraytirish toʼlovlari 6 barobargacha arzonlashtiriladi;

ishlab chiqarilganiga 10 yildan koʼp boʼlmagan yengil mashinalarni majburiy texnik koʼrikdan oʼtkazish tartibi bekor boʼladi.

Endi, 10 yildan 15 yilgacha boʼlgan yengil mashinalar – ikki yilda, 15 yildan ortiq boʼlganlari esa bir yilda bir marta texnik koʼrikdan oʼtkaziladi.

"Bu hali boshlanishi. Men Prezident maslahatchilari, Bosh vazir oʼrinbosarlari va vazirlarga topshiriq berganman.

Odamlarimizni qiynayotgan, ahamiyatini yoʼqotgan tartib va cheklovlarni bekor qilish boʼyicha Ishchi guruhi barcha yoʼnalishlarda muntazam ishlayapti.

Joylardan tushgan asoslangan takliflar va yechimlar boʼyicha doimiy tarzda xalqimizning foydasiga xizmat qiladigan qarorlar qabul qilib boriladi”, dedi Prezident yigʼilish yakunida.