Avtotransport vozitalarini boshqa shaxsga o'tkazish va ishonchnomalar uchun notarial harakatlar davlat boji kamaytirilishi mumkin

Adliya vazirligi tomonidan "Davlat boji to‘g‘risida"gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishga oid qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Xususan, mazkur hujjatda notarial harakatlar uchun davlat boji miqdorini kamaytirish taklif etilmoqda:
● avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish amalda 2 700 000 so'mgacha (yili va ot kuchini hisobga olib), taklif esa 810 000 so'm qilish.
● avtomototransport ishonchnomalari amalda 810 000 so'mdan 540 000 so'mga tushurish.






