Aynan 22-avgust kuni Qozog‘istonda qozoq tili davlat tili deb e’lon qilingan

1989-yil 22-avgustda qozoq tili sobiq ittifoq respublikasida davlat tili deb e’lon qilingan, ikki yildan so’ng esa, mamlakat mustaqillikka erishgan.

"Qozog'iston SSRda tillar to'g'risida" gi qonun faqat 1989-yil 22-sentabrda qabul qilingan. Qozoq tiliga davlat tili maqomi berilgach, rus tiliga de-yure ya’ni “millatlararo muloqot tili” maqomi berilgan.

Keyinchalik Qozog'iston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilgan o'zgartirishlarda "rus tili davlat tili bilan bir qatorda rasmiy ravishda qo'llaniladi" deya belgilangan.

Bundan tashqari qayd etilishicha, Qozog'iston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi Qozog'iston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirining 2004-yil 5-iyuldagi buyrug'iga muvofiq hujjatlarni to'liq davlat tiliga o'tkazgan.