Aynan 24-avgust kuni Windows 95 operatsion tizimi sotuvga chiqarilgan

Windows 95 - bu Microsoft kompaniyasining grafik ko'p vazifali operatsion tizimi sanalib, u 1995-yil 24-avgustda rasman joriy qilingan.

Windows 95 interfeysi yangiliklari Windowsning keyingi barcha versiyalarida faol foydalanildi: u piktogrammali ish stoli, vazifalar paneli kabi grafik interfeys elementlarini taqdim etadi. Windows 95 ni qo'llab-quvvatlash 2001-yil 31-dekabrda tugatilgan.