Ayni damda Shavkat Mirziyoyev va Emmanuel Makron Luvrda

Shavkat Mirziyoyev va Emmanuel Makron rafiqalari bilan birga Luvr muzeyiga yo‘l olishdi. U yerda davlat rahbarlari O‘zbekiston madaniy merosiga bag‘ishlangan ko‘rgazma bilan tanishadilar.
Davlat rahbarlari birgalikda Luvr muzeyi va Arab dunyosi institutida xalqimiz madaniy merosiga bag‘ishlangan va O‘zbekiston va boshqa mamlakatlar muzey kolleksiyalaridagi eng noyob eksponatlardan iborat yirik ko‘rgazmalar ekspozitsiyasi bilan tanishadilar.






