«AYOL VA BIZNES» GALA AWARDS 2022

2022-yilning 17-dekabr kuni Toshkentdagi Nest One majmuasida “Yilning eng faol biznes blogeri”, “Ayollarni rivojlanishiga xizmat qiluvchi yirik loyihalar tashkil etgan yil tadbirkori”, “Eng yaxshi ijtimoiy loyihalar tashabbuskor tadbirkori”, “Eng muvaffaqiyatli oilaviy biznes” kabi 10 ta nominatsiya orqali eng omadli tadbirkor ayollar “AYOL VA BIZNES” GALA AWARDS 2022 taqdirlash marosimida munosib taqdirlanadilar.

“Ham, oila, ham bola tarbiyasi bilan shugʼullanish bilan birga, oʼqish, ish yoki tadbirkorlikni olib borish katta matonat talab qiladi” deb Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev oʼz nutqlarining birida bejizga aytmagan edilar. Yangi Oʼzbekiston taraqqiyot strategiyasida ayollarga munosib shart-sharoit yaratish, ularning tashabbuslarini qoʼllab-quvvatlash hamda ular erishayotgan yutuq va marralarni eʼtirof etish masalasi eng muhim yoʼnalishlardan biri sifatida belgilangan.

2021-yil tashkil etilgan MPA CREATIVE MEDIA AGENCY kompaniyasi ham “Shaxsiy brend va biznes”, “Аyol va biznes - Biz oʼsishga qodirmiz” kabi mavsumiy yirik biznes forumlar va loyihalari orqali xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, bandligini taʼminlash, ayollar biznesini mustahkamlash va ommalashtirishga oʼz xissasini qoʼshib kelmoqda. Tashkil etilgan loyihalarda jami 600 dan ortiq ishtirokchi, jumladan, tajribali ishbilarmon ayollar va oʼz biznesini yoʼlga qoʼymoqchi boʼlgan yosh qizlar, blogerlar, sanʼatkorlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, xorijlik biznes ekspertlar, moliya institutlari vakillari ishtirokida faol tadbirkorlar netvorkinggi (klubi) tashkil etildi.

Ushbu loyihalarning mantiqiy davomi hamda yil davomida tanilgan, tanlangan va tan olingan muvaffaqiyatli biznes vakillari orasidan eng samarali faoliyat olib borgan ayol tadbirkorlarini taqdirlash va eʼtirof etish maqsadida joriy yilning 17-dekabr sanasida Nest One majmuasida, “AYOL VA BIZNES” GALA AWARDS 2022 taqdirlash marosimi oʼtkaziladi.

Nest One, Travel Continent hamda Oʼzbekiston Respublikasi Savdo Sanoat palatasi hamkorligida tashkil etilgan ushbu marosimning Gala Dinner qismida tadbirkorlarning oʼzaro fikr va tajriba almashishligiga ajoyib imkoniyat yaratiladi.