Ayollar daftariga kiritilgan ayollarga 33 million so‘mgacha kredit ajratiladi

“Ayollar daftariga” kiritilgan va tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan ayollarga 33 million so‘mgacha kredit ajratiladi.

14 foiz stavkadagi kreditlar quyidagilarga beriladi:

oilaviy tadbirkorlik, daromad olishga qaratilgan ayrim mehnat faoliyati uchun — 3 yilgacha bo‘lgan muddatga 3 oydan 6 oygacha imtiyozli davr bilan;

chorvachilik, baliqchilik va parrandachilik (tuxum yetishtirish) uchun – 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha bo‘lgan muddatga;

bog‘dorchilik, uzumchilik va limonchilik, issiqxona xo‘jaligini yuritish, qishloq xo‘jaligi texnikasi va uskunalarini xarid qilish uchun – 3 yilgacha muddatga, 7 yilgacha imtiyozli davr bilan.

Kreditlar “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB va “Xalq bank” AT tomonidan taqdim etiladi.