Ayrim bog‘chalarga bolalarni 2 yoshdan qabul qilishga ruxsat berildi

1-apreldan boshlab O‘zbekistonda to‘liq quvvat bilan ishlamayotgan davlat MTMlariga bolalarni 2 yoshdan qabul qilishga ruxsat berildi.

Prezidentning «Oila va xotin-qizlarni tizimli qo'llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi farmoniga asosan 2022-yil 1-apreldan boshlab to‘liq quvvat bilan ishlamayotgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga 2 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarni qabul qilishga ruxsat beriladi. Bunda xizmat pullik shaklda bo‘ladi.