Ayrim sohalarda davlat kosmik monitoringi yo’lga qo’yiladi

Qonunchilikka ko'ra, 2022-yilning 1-oktabridan 7 ta ijtimoiy-iqtisodiy sohada bosqichma-bosqich majburiy tartibda sun'iy yo'ldosh apparatlari orqali davlat kosmik monitoringini amalga oshirish tizimi yo'lga qo'yiladi.
Bular:
O'rmon xo'jaligi;
Qishloq xo'jaligi;
Geologiya va kon-metallurgiya;
Suv xo'jaligi;
Transport va yo'l xo'jaligi;
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish;
Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish.






