«Azal» Bakudan Urganchga parvozlarni yo’lga qo’ydi

Qayd etilishicha, reyslar haftada bir marta — shanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bu bilan aviakompaniya O'zbekistondagi toʻrtinchi shaharga o'z parvozlarini amalga oshirdi.
Avvalroq, "Azal" aviakompaniyasi Bakudan Urganchga parvozlarni yo‘lga qo‘yishi haqida e'lon qilingan edi. 28-yanvar kuni mazkur yo'nalishdagi samolyot Urganchga qo‘ndi.
Ta’kidlash joizki, Bakudan Toshkentga reyslar haftasiga ikki marta — payshanba va yakshanba kunlari muntazam ravishda amalga oshiriladi. Bakudan Samarqandga — seshanba va payshanba kunlari. Bakudan Farg'onaga esa — payshanba kunlari qatnovlar tashkil etiladi.






