Azimjon Mirzajonov BMB Trade Group kompaniyasi rahbari etib tayinlandi

2021-yil 10-dekabr kuni BMB Trade Group kompaniyasi Kuzatuv kengashi raisi Bekzod Mamaqulov boshchiligida ta’sischilarning umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘ilishda tashkiliy-kadrlar masalasi ko‘rib chiqildi.

Tadbir yakunida ta’sischilar bir ovozdan Azimjon Xakimjonovich Mirzajonovni BMB Trade Group bosh direktori etib tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qildilar.
Shu kungacha A.Mirzajonov OKMK va respublikaning boshqa yirik tashkilot va muassasalarida rahbarlik lavozimlarida ishlab kelgan.